Qobuldagi mehmonxona hujumi paytida vafot etganlar orasida 4 nafar amerikalikning halok bo’lgani aniqlandi

Qobuldagi mehmonxona hujumi paytida vafot etganlar orasida 4 nafar amerikalikning halok bo’lgani aniqlandi
20 yanvar kuni Qobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga uyushtirilgan hujum paytida 43 nafar inson hayotdan ko’z yumgandi. Hujum natijasida halok bo’lganlarning 4 nafari Amerika fuqarolari ekanligi aniqlandi.

CNN telekanali halok bo’lganlar orasida Donald Trampning saylovoldi kampaniyasidagi sobiq maslahatchisi Rik Geytsning rasmiy vakili Glenn Seligning ham borligi haqida ma’lumot bergan.

Xabarda aytilishicha, Selig Qobulga “Afg’onistondagi muvaffaqiyatlar va ekstremizmga qarshi kurashdagi ildam qadamlar” haqida ma’lumot yig’ish uchun kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.