OAV: Putinning qizi Katerina Tixonova turmush o’rtog’i bilan ajrashdi

OAV: Putinning qizi Katerina Tixonova turmush o’rtog’i bilan ajrashdi
RF prezidenti Vladimir Putinning qizi Katerina Tixonova turmush o’rtog’i, tadbirkor Kirill Shamalov bilan 5 yillik turmushdan so’ng ajrashishga qaror qildi. Bu haqida Bloomberg nashri ma’lumotlariga tayangan holda “Spletnik.ru” xabar bergan.

Nashrda Shamalovning biznesiga aloqadar maqola chop etilgan va unda quyidagi so’zlarga ko’zingiz tushadi:
“O’z nomini sir saqlash sharti bilan xabar yetkazgan to’rt manba Shamalov va Putinning kenja qizi Katerina Tixonova turmushi o’z nihoyasiga yetganini aytdi”.

Eslatib o’tamiz, Katerina va Kirillning nikoh to’yi marosimi 2013 yilning fevral oyida bo’lib o’tgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.