Meksikadagi dahshatli zilziladan so’ng vayron bo’lgan 26 mingta uy qayta tiklandi

Meksikadagi dahshatli zilziladan so’ng vayron bo’lgan 26 mingta uy qayta tiklandi
O’tgan yili Meksikada kuzatilgan dahshatli zilzila sabab vayron bo’lgan uylar qayta tiklandi. Bu haqida Puebla shtatidagi tadbir chog’ida mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto ma’lumot berdi.

“Bugun biz oradan 5 oy vaqt o’tib, vayron bo’lgan ularning 170 mingtadan 26 mingtasi qayta tiklanganini tasdiqlay olamiz” deydi Meksika rahbari.

Eslatib o’tamiz, 2017 yilda Meksika markazida sodir bo’lgan ikki zilzila natijasida 370 nafar odam vafot etgan, 6000dan ortiq odam turli tan jarohatlari olgan edi. Hukumat vayronagarchiliklarni qayta tiklash uchun kerakli mablag’ni 2,5 milliard dollar miqdorida baholagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.