Filippinda to‘lqin fanga noma’lum mahluqni sohilga chiqarib tashladi

Filippinning Tinch okeani sohilida joylashgan Sharqiy Negros aholi yashash punktida istiqomat qiluvchilar sohilga uzunligi bir metr, o‘ta ulkan jag‘ga ega baliqsifat mahluq itqitib tashlanganiga guvoh bo‘lishdi.
Mahalliy baliqchilardan birining aytishicha, jonzot akulaga ham o‘xshab ketadi. Lekin u akula emas, baliqsimonlar oilasining hali fanga ma’lum bo‘lmagan turiga oid ekan.
— Odamlar mahluqqa yordam berish istagida yelib-yugurishdi, — deydi baliqchi. — Lekin ulgurishmadi. Jonzot oradan ma’lum vaqt o‘tgach, jon taslim qildi…
Filippin olimlarining aytishiga qaraganda, fanga noma’lum mahluqning sohilga chiqib qolishi shunchaki hodisa emas. Birinchidan, okean tubida qandaydir falokat yuz bergan. Qolaversa, bunday mahluqlarning sohilga chiqishi yaqin orada ulkan tabiiy ofat yuz berishidan darakdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mahalliy baliqchilardan birining aytishicha, jonzot akulaga ham o‘xshab ketadi. Lekin u akula emas, baliqsimonlar oilasining hali fanga ma’lum bo‘lmagan turiga oid ekan.
— Odamlar mahluqqa yordam berish istagida yelib-yugurishdi, — deydi baliqchi. — Lekin ulgurishmadi. Jonzot oradan ma’lum vaqt o‘tgach, jon taslim qildi…
Filippin olimlarining aytishiga qaraganda, fanga noma’lum mahluqning sohilga chiqib qolishi shunchaki hodisa emas. Birinchidan, okean tubida qandaydir falokat yuz bergan. Qolaversa, bunday mahluqlarning sohilga chiqishi yaqin orada ulkan tabiiy ofat yuz berishidan darakdir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













