Hillari Klinton Hindistonda qo‘lini sindirib oldi

Hillari Klinton Hindistonda qo‘lini sindirib oldi
Hindistonga safarini amalga oshirayotgan AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton qo‘li sinib, kasalxonaga tushdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Goyal Hospital xususiy klinikasi xodimiga ko‘ra, 70 yoshli siyosatchi Rajastan shtatining Jodxpur shahrida tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Shifokorlar Klinton dunyodagi eng yirik xususiy qarorgohlardan biri — Umayd-Bxavandagi mehmonxona vannaxonasida toyib ketganini bildirmoqda.

«Biz kompyuter tomografiyasini o‘tkazdik, rentgen suratlarini oldik va qo‘lning bilak qismida sinish borligini aniqladik. Mijozga bir necha kun dam olish, shuningdek, elastik bint qo‘yish tavsiya etildi», — dedi klinika xodimi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.