Rossiya mehnat muhojirlari kasaba uyushmasi chet ellik ishchilarning ommaviy ketayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Rossiya mehnat muhojirlari kasaba uyushmasi muhojirlar Rossiyani ommaviy tark etayotgani haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi. Bu haqda “RSN” xabar bermoqda.

“Mehnat muhojirlari xarid imkoniyati pasayayotganini, Toshkent yoki Dushanbega endi kamroq dollar yubora olishlarini tushunib etishdi”, – dedi kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov.

“Biroq, hozircha biz uyga qaytish maqsadida jomadonlarini yig‘ishtirgan muhojirlarning katta guruhi paydo bo‘ldi, deb ayta olmaymiz”, – deya qo‘shimcha qildi Karimov.

Avvalroq, rubl kursining qadrsizlanishi natijasida Rossiyadagi mehnat muhojirlari ommaviy ravishda vatanga qaytayotganliklari haqida xabar berilgan edi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.