Britaniyalik jurnalist jonli efirda basseynga tushib ketdi (video)

Britaniyalik jurnalist jonli efirda basseynga tushib ketdi (video)
Kecha, 12 aprel kuni britaniyalik jurnalist Mayk Bushshel ertalabki shoudagi jonli efirda basseynga tushib ketdi. Mazkur voqea videosi «Youtube» tarmog‘iga joylashtirilgan.

Jurnalist Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Hamdo‘stlik o‘yinlarida qatnashadigan suzuvchilardan intervyu olayotgan edi.

Bushshel basseynga kirgach, uning chuqurligini payqab ulgurmay, mikrofon bilan suvga sho‘ng‘igan.

«Basseynga kirgach, uning qanchalik chuqurligiga e’tibor bering», — deya tomoshabinlarni ogohlantirgan Bushshel.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.