Polshada Iso haykali internet tarqata boshladi

Polshada Iso haykali internet tarqata boshladi
Foto: «Korrespondent.net»
Polshaning Svibodzin shahrida joylashgan Iso payg‘ambarning 36 metrli haykaliga mahalliy ruhoniyning so‘roviga asosan internet tarqatuvchi qurilma o‘rnatildi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, cherkov vakili Iso tojida internet tarqatuvchining o‘rnatilishida aloqadorligini rad etgan. Biroq jurnalistlar qurilmani o‘rnatgan provayder kompaniyani aniqlagan.

Kompaniya vakilining ma’lum qilishicha, qurilma mahalliy cherkov buyurtmasiga asosan, muassasada monitoring olib borish maqsadida qonuniy tartibda o‘rnatilgan. Isoning boshidan tarqalayotgan signaldan boshqalar ham foydalanishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.