O‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi (foto)

O‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi (foto)
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida mudhish ro‘y bergan YTH ro‘y berdi. Unda o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning ham jabr ko‘rgani aytilmoqda.

Sariyog‘och-Chimkent trassasida harakat qilayotgan \"Mazda\" rusumli avtomashinasi \"Sang Yong Istana\" mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan.

Dastlabki ma’lumotrga ko‘ra, mikroavtobusda 10 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ulardan 4 nafari esa o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

YTH natijasida 10 kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan uch nafari voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi (foto)
Voqea guvohlarining aytishicha, yengil avtomashina mikroavtobus tomon qarama-qarshi kelgan va natijasida mikroavtobus bilan to‘qnashgan.
O‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi (foto)
YTHda jabrlanganlarning barchasi Chimkentdagi shifoxonaga yetkazilgan bo‘lib, ulardan uch nafari hozirda Jonlashtirish bo‘limida qolmoqda.

O‘zbekistonlik yo‘lovchilarning vafot etgani yoki yo‘qligi borasida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.