Tojikistonning Saryoz ko‘li sotilishi O‘zbekistonga qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

Tojikistonning Saryoz ko‘li sotilishi O‘zbekistonga qanday muammolarni keltirib chiqaradi?
Rossiya prezidenti huzuridagi qishloq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (FESN RANXiGS) ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Igor Zagarin Tojikiston Saryoz ko‘lini sotilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Xitoy deyarli Tojikistondan butun ko‘lni sotib oldi va u yerda ichimlik suvini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu qo‘shni davlatlarga muayyan muammolarni keltirib chiqaradi, birinchi navbatda O‘zbekistonga», – deb hisoblaydi ekspert.

Zagarin so‘zlariga ko‘ra, xitoyliklar Markaziy Osiyo resurslarini o‘zlashtirish juda tez va keskin tarzda amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston muhim darajada Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan olgan suv resurlariga bog‘liq», – deb ta’kidladi Zagarin. Zagarin fikriga ko‘ra, Rog‘un GES qurilishi ham mamlakatning suv balansini buzishi mumkin.

Manba: Asr.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.