Rossiyada yangi iPhone uchun doʻkon oldidagi navbatlar 3700 dollarga sotilmoqda

Rossiyada yangi iPhone uchun doʻkon oldidagi navbatlar 3700 dollarga sotilmoqda
Tadbirkor rossiyaliklar Avito saytida iPhoneʻning yangi modelini sotib olish uchun doʻkon oldidagi navbatdagi oʻrinlarini sotishmoqda. Bu haqda internet-servis matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, navbatdagi oʻrin narxi 250 ming rublni tashkil etadi (3700 dollardan ortiq).

Ayrim foydalanuvchilar esa yangi iPhoneʻni Rossiyada sotuv boshlangunicha olib kelib berishni taklif qilishmoqda. Buning uchun ular 300 ming rubl soʻrashgan.

Yana bir turkum foydalanuvchilar esa yangi smartfon narxining oʻn foizi evaziga har qanday ob-havoda doʻkon oldida toʻrt-besh kun navbatda turib berishlarini yozgan.

AQSH va bir nechta mamlakatlarda ayfonlar sotuvi 21 sentyabrdan, Rossiyada 28 sentyabrdan boshlanadi.

Avvalroq AQSHda yangi iPhone sotuvga chiqishidan besh kun avval navbat paydo boʻlgani xabar qilingandi.

iPhone XS, XS Max va “byudjet” iPhone XR taqdimoti 12 sentyabr kuni boʻlib oʻtgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.