Suriyada Rossiya harbiylari jangarilarga tegishli 22 tonna oltin va 3 mld dollar pulni qoʻlga kiritdi

Suriyada Rossiya harbiylari jangarilarga tegishli 22 tonna oltin va 3 mld dollar pulni qoʻlga kiritdi
Kuni kecha Suriyaning Idlib shahrida Rossiya harbiylari maxsus harbiy operatsiya tashkil etishgan. Operatsiya shaharni oʻz nazoratida ushlab turgan dunyoda faoliyati taqiqlangan “ISHID” va boshqa jangari guruhlarni yoʻq qilishga bagʻishlangandi.

Natijada ular 22 tonna sof oltin va 3 milliard dollar pulni qoʻlga kiritishdi. Shubhasiz, bu boyliklarni jangari kallakesarlar 7 yil davomida xalq mulkini talon-taroj qilish yoʻli bilan toʻplagan.

Rasmiy xabarlarga koʻra, operatsiya 13 soat davom etdi. Harbiy operatsiyalarda sakkizta “Su-35” rusumli qiruvchi samolyotlar va 30 ta vertolyot ishtirok etdi. Boyliklarni avtomobillarga yuklashdan oldin qiruvchi samolyotlar omborlarga olib keluvchi barcha yoʻllarni bombardimon qildi.

Qoʻlga kiritilgan barcha boyliklar Rossiyaning Xmeymimdagi harbiy bazasiga yetkazildi. Keyinchalik ularning barchasi Suriya markaziy banki ixtiyoriga beriladi.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.