Nursulton Nazarboyev talabalik vaqtidagi odati haqida soʻzlab berdi (video)


Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev talaba boʻlgan kezlardagi ertalabki odati haqida videointervyuda soʻzlab berdi.
“Men feʼl-atvorimga koʻra xayolparastman. Men bolaligimdanoq meni oldinda katta narsa kutayotganini his qilganman. Bu tuygʻu men bilan doimo birga boʻlgan, uni qayerdan olinayotganini ham bilmaganman. Politexnika instituti talabasi boʻlganimda, tongda yuvinayotib, koʻzguga qarab “Sen xalqing uchun biror narsa qilishing kerak” derdim”, deb yoshligini eslagan Nazarboyev.
“Sen xalqing uchun biror narsa qilishing kerak”, deb taʼkidlagan prezident talabalik yillaridan. Va bu uning ertalabki odatiga aylangan”, deb aytilgan videoga izohda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













