OAV: Trampning rafiqasi oʻzini dunyodagi “eng tahqirlangan inson” deb hisoblaydi

OAV: Trampning rafiqasi oʻzini dunyodagi “eng tahqirlangan inson” deb hisoblaydi
AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp oʻzini dunyodagi eng tahqirlangan insonlardan biri deb hisoblaydi. Bu haqda ABC News xabariga tayanib Daryo.uz maʼlum qildi.

Nashr muxbiri bilan suhbatda Melaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda tahqirlashga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan Be Best nomli loyihasi haqida ham gap ketdi.

“Aytishim mumkinki, men ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp tahqirlanadigan insonman”, — deydi Donald Trampning rafiqasi.

“Aniqrogʻi ulardan biriman. Agar siz ijtimoiy tarmoqlarda odamlar men haqimda nima deyishlarini tinglasangiz, bunga amin boʻlasiz”, — deya soʻzlarini davom ettiradi Melaniya.

Uning soʻzlariga koʻra, Be Best loyihasini amalga oshirishga ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar turtki boʻlgan.

AQSH prezidentining fikricha, bolalarga internetda oʻzini qanday tutish kerakligini oʻrgatish zarur. Ular shuningdek, tarmoqlardagi tahqirlanishlarga qanday qarshi turishni ham bilishi kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.