Mo‘g‘uliston prezidenti ochlik e’lon qilmoqchi

Mo‘g‘uliston prezidenti ochlik e’lon qilmoqchi
Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmagiyn Battulga, agar mamlakat parlamenti o‘zini tarqatib yubormasa, ochlik e’lon qilishi bilan ogohlantirdi, deya xabar berdi \"CA-News\" nashriga tayanib Turon24 axborot agentligi.

29 oktyabrda Battulga parlamenti (Buyuk xalq xurali)ga parlament o‘zini tarqatib yuborishi lozimligini rasmiy murojaatda aytgan. Prezidentning fikricha, parlamentning hozirgi tarkibi va bosh vazir Uxnaagiyna Xurelsuxa hukumati xalqqa bergan va’dalarini va o‘z majburiyatlarini bajara olmayapti.

Prezident Battulganing harakatlari 2020 yildagi parlament saylovlari oldidan siyosiy maqsadlar ko‘zlangan urinish sifatida baholanmoqda.

Battulga boshqaradigan Demokratik partiya parlamentda ko‘plab o‘rinlarga da’vo qilmoqda. Hozir ushbu partiya parlamentda 25 foiz mandatga ega. Qolgan mandatlar yetakchi Mo‘g‘ul xalq partiyasiga tegishli.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.