Qozog‘istonda erkak dafnidan 2 oy o‘tib uyiga qaytib keldi

Qozog‘istonda erkak dafnidan 2 oy o‘tib uyiga qaytib keldi
Qozog‘istonning Atirau shahrida yashovchi erkak go‘yoki unga tegishli bo‘lgan murda dafn etilgandan 2 oy o‘tib uyiga qaytib keldi.

Erkak uyidan 20 iyunda chiqib ketib, qaytib kelmagan. U avval ham ba’zida ogohlantirishsiz ketgani sababli, yaqinlari huquq-tartibot idoralariga iyul oyidagina murojaat qilishgan.

Ma’lum vaqtdan keyin erkakning oila a’zolarini o‘likxonaga chaqirtirib, bir murda ko‘rsatilgan. Murda chirib ketgani sababli uni tanib bo‘lmagan, biroq genetik ekspertiza u 99,92 foizga yo‘qolgan erkakniki ekanligini ko‘rsatgan. Sentyabrda erkak “dafn qilinib”, oilasiga o‘lganlik haqidagi guvohnoma berilgan.

“Erkakning yaqinlari u qidiruvda bo‘lganda to‘langan pensiyani davlatga qaytarib berishgan”, deb aytilgan xabarda.

Biroq oktyabr oxirida “marhum” kutilmaganda uyiga qaytib kelgan. U yozda bozorda bir kishi bilan tanishgani, u kishi uni viloyatdagi dehqon xo‘jaliklaridan birida ishlashga ko‘ndirganini ma’lum qilgan. Erkak 4 oydan keyin uyiga qaytishga qaror qilgan.

Endi erkakning yaqinlari genetik ekspertizani o‘tkazgan mutaxassislarni sudga berishmoqchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.