Putin va Tramp uchrashdi (foto, video)

Putin va Tramp uchrashdi (foto, video)
11 noyabr kuni Parijdagi Triumfal arkda Birinchi jahon urushi yakunlanganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan xotira marosimi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbari Donald Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishdi.

Rossiya prezidenti tadbirga oxirgi bo‘lib kelgan va sahnada turgan siyosatchilar bilan ko‘rishib chiqqan.
Putin va Tramp uchrashdi (foto, video)

Marosimdan keyin Yelisey saroyida uyushtirilgan choshgohlik vaqtida esa Rossiya va AQSh prezidentlari bitta stol atrofida, bir-biriga qarshi o‘tirishgan.
Putin va Tramp uchrashdi (foto, video)
Foto: epa/vostock-photo

Choshgohdan keyin esa siyosatchilar Tinchlik forumiga yo‘l olishgan. Forumga Tramp bormagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Tramp va Putin Parijda uchrashuv o‘tkazishi belgilangandi. Ammo Fransiya tomoni ushbu uchrashuv atrofida yuzaga keladigan ajiotaj xotira marosimlari va forumni e’tibordan chetda qoldirishidan xavotir olib, uchrashuvni qoldirishni so‘ragandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.