Fransiyada yoʻqolgan qiruvchi samolyot falokatga uchragani maʼlum boʻldi

Fransiyada yoʻqolgan qiruvchi samolyot falokatga uchragani maʼlum boʻldi
Fransiyaning Yura va Du departamentlaridagi qidiruv operatsiyasi davomida mamlakat harbiy-havo kuchlarining Mirage 2000D qiruvchi samolyoti boʻlaklari topildi. Samolyot 9 yanvar ertalab radarlar ekranidan yoʻqolib qolgandi.

France 3 telekanalining maʼlum qilishicha, samolyot ekipaji ikki aʼzosining taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. Taxmin qilinishicha, ulardan biri katapulta qilishga ulgurgan, chunki voqea joyida parashyut topilgan.

Fransiya mudofaa vazirligi samolyot falokatga uchraganini tasdiqlagan va u mamlakat sharqida mashgʻulot parvozi vaqtida past balandlikda uchayotganda qulaganini qoʻshimcha qilgan. Qidiruv operatsiyasi davom ettirilmoqda, voqea sabablari oʻrnatilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.