Qozog‘iston o‘z pullarida ruscha yozuvlardan voz kechadi

Qozog‘iston o‘z pullarida ruscha yozuvlardan voz kechadi
Qozog‘iston hukumati milliy valyuta – tanganing dizayniga o‘zgartirish kiritdi. Endi tanga va qog‘oz tangalarda rus tilidagi yozuv bo‘lmaydi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tegishli farmoni “Adilet” axborot-huquqiy tizimi saytida e’lon qilingan.
“Banknota va tangalar dizaynida qo‘llanadigan yozuvlar matni davlat tilida rasmiylashtiriladi. Investitsion va kolleksion tangalar dizaynida xorijiy tillardagi yozuvlarga ruxsat beriladi”, deyilgan hujjatda.

Eski qoidalarga ko‘ra, kupyura va tangalar bezagida qozoq tili barobarida rus tilining ishlatilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Qozog‘istonda rus tili rasmiy til maqomiga ega. U davlat tili hisoblanmaydi va konstitutsiyaga ko‘ra davlat tashkilotlarida qo‘llanishi mumkin. Mamlakat hukumati aholining qozoq tilidan tashqari, rus va ingliz tilini o‘rganishga undash maqsadida “uch tillik” siyosatini yurgazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.