Amerikalik ayol 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

AQSHning Texas shtatida yashovchi ayol 9 daqiqada 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda ular tugʻilgan Texas ayollar klinikasining Facebookʻdagi sahifasida maʼlum qilindi.
Ikki qiz va toʻrt oʻgʻilning vazni 800—1300 grammni tashkil etmoqda. Ularning onasi Telma Chiaka oʻzini yaxshi his etmoqda.
U qizlari uchun ism tanlashga ham ulgurdi: Zina va Zuriel. Oʻgʻillarga hali bu borada navbat kelmadi.
Texas tugʻruqxonasi xodimlari 6 nafar egizakning dunyoga kelish ehtimoli 4,7 milliardga birni tashkil etishini eslatib oʻtdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ikki qiz va toʻrt oʻgʻilning vazni 800—1300 grammni tashkil etmoqda. Ularning onasi Telma Chiaka oʻzini yaxshi his etmoqda.
U qizlari uchun ism tanlashga ham ulgurdi: Zina va Zuriel. Oʻgʻillarga hali bu borada navbat kelmadi.
Texas tugʻruqxonasi xodimlari 6 nafar egizakning dunyoga kelish ehtimoli 4,7 milliardga birni tashkil etishini eslatib oʻtdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













