Nazarboyev isteʼfosini eʼlon qilishdan avval Putin bilan gaplashgan

Nazarboyev isteʼfosini eʼlon qilishdan avval Putin bilan gaplashgan
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev isteʼfoga chiqishini eʼlon qilishdan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashgan. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Bugun kunduzi Vladimir Putin hamda Nursulton Nazarboyev telefon orqali gaplashishdi. Biroq hozircha suhbat mavzusini oshkor qila olmaymiz”,- deya Peskovning soʻzlaridan iqtibos keltiradi “RIA Novosti”.

Bugun Qozogʻistonni qariyb 30 yildan buyon boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev davlat rahbari vakolatlarini topshirdi. Qozogʻiston prezidenti vazifasini vaqtincha Qozogʻiston Senati spikeri Qosim-Joʻmart Tokayev bajarib turadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.