Unvonidan mahrum boʻlgan “Moskva goʻzali” alamidan tojni sindirdi

Unvonidan mahrum boʻlgan “Moskva goʻzali” alamidan tojni sindirdi
“Moskva goʻzali” tanlovining gʻolibasi boʻlgan Alesya Semerenko unvondan mahrum etilgach, tashkilotchilarga gʻoliblik tojini singan holda qaytardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

— Gʻoliblik tojini Alesya Semerenkodan zoʻrgʻa qaytarib oldik. U sindirilgan, taʼmirtalab holda qaytarildi. Mazkur toj qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan”, deb voqeaga oydinlik kiritdi, tadbir rahbari Tatyana Andreyeva.

Tojning qaytarib olinishiga tanlov gʻolibasining shartnomada bir yil mobaynida xayriya tadbirlarida ishtirok etishga majburligi koʻrsatilgan bandi talablarini bajarmagani sabab boʻlgan. Bu goʻzallik tanlovi tarixidagi ilk koʻngilsiz voqeadir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.