Yangi zelandiyalik sportchi Islomni qabul qildi

Yangi zelandiyalik sportchi Islomni qabul qildi
Yangi zelandiyalik regbi oʻyinchisi Ofa Tuungafasi Kraystcherchdagi terakt sodir etilgan masjidga kelgan payt Islomni qabul qildi, deya xabar bermoqda Azon.uz.

U masjidga jamoadoshi Sonni Bill Vilyamsning taklifiga koʻra kelgan edi, ayni paytda Vilyamsning onasi ham Islomni qabul qilgan.

Tuungafasi va Vilyams kasalxonaga borib, teraktda yaralanganlar bilan ham uchrashishgan.

“Chindan ham qiyinchiliklardan keyin yengilliklar keladi. Kasalxonada musulmon birodarlar bilan uchrashuvdan katta taassurot oldim. Yaratgandan sizlarga shifo tilayman. Sevgim va duolarim sizlar bilan”, – deya yozdi Tuungafasi Tvitterdagi sahifasida.

Uning doʻsti Sonni Bill Vilyams Islomni 2008 yilda qabul qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.