Qo‘shiqchi Aziza 55 yoshida ilk bor turmushga chiqadi (foto)

Qo‘shiqchi Aziza 55 yoshida ilk bor turmushga chiqadi (foto)
90 yillarning mashhur qo‘shiqchisi Aziza turmushga chiqish niyati haqida e’lon qildi, bu nikoh uning uchun birinchi rasmiy nikoh bo‘ladi, deya xabar beradi «Daryo.uz».
Qo‘shiqchi Aziza 55 yoshida ilk bor turmushga chiqadi (foto)
Foto: «MK.ru»
Qo‘shiqchi turmushga chiqayotgan insoni bu uning ko‘p yillik do‘sti musiqachi Oleg Beskrovniy ekanini ma’lum qilgan. Aziza va Oleg 30 yil avval tanishgan. Oleg boshidanoq Azizaga turmush qurish taklifini qilgan, biroq shuncha yillar davomida ular yaxshi do‘st bo‘lib qolgan. Ammo shuncha yil o‘tib, taqdir ularni birlashtirdi.

Ko‘rsatuvlardan birida Azizaning ma’lum qilishicha, turmush qurish taklifi unga Yangi yil kechasi Yaltaga bo‘lgan safar davomida qilingan.

«U meni shuncha yillar davomida sevib kelganini bilardim. Va men «ha» dedim, — deydi Aziza.
Aziza farzand ko‘ra olmasligi sababli, ular oila qurib, bola asrab olishni rejalashtirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.