Tojikistonda Rossiyaga pul topgani ketgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning ota-onalari ushlanmoqda

Tojikistonda Rossiyaga pul topgani ketgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning ota-onalari ushlanmoqda
Tojikistonning Chorxuk qishlog‘ida respublikaning davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari bahorgi harbiy xizmatga chaqiriq vaqtida Rossiyada ishlab yurgan chaqiriluvchilarning ota-onalarini ushlashdi.

Mutasaddi idoralar bu ota-onalardan farzandlarini Tojikistonga tezda qaytarishni talab qilishgan. Bu haqda “Axbor” nashri xabar berdi. Ta’kidlanishicha, chaqiruv yoshidagi yigitlarning yashash joylari bo‘yicha reydlar avval ham o‘tkazilgan, biroq ish ularning ota-onalari ushlanishigacha hali bormagandi.

12 aprelda Tojikiston islom markazi ulamolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash og‘ir gunoh ekanligi haqida bayonot bilan chiqishgan. Ulamolar harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashda farzandlariga yordam beruvchi ota-onalar ham gunohga botishlaridan ogohlantirishgan.

Tojikiston qurolli kuchlariga bahorgi chaqiruv 1 apreldan 31 maygacha davom etadi. Bu vaqtda armiyaga 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 15 ming yigit chaqiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.