Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi (foto)

Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi (foto)
Istanbulda 3 may Turkiyadagi eng katta jome’ masjid – Büyük Çamlıca Camisi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, turli davlatlardan diniy arboblar va rasmiy shaxslar ishtirok etgan.
Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi (foto)
Masjidning balandligi 72 metr bo‘lib, u Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulda yashovchi millatlar sonini ifodalaydi.

Masjid gumbazi ichida 16 ta turk davlati sharafiga Allohning 16 ismi bitilgan. Masjidda 11 ming kvadrat metr maydonni egallovchi muzey va 3,5 ming kvadrat metr maydonda kutubxona joylashgan.
Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi (foto)
Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi (foto)
Yangi masjid Istanbulning yangi ramzlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

63 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oluvchi masjidning qurilishi 2013 yilda boshlangan.
Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi (foto)
Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.