Tailandda general kelinning qirol poyida yotishi barchani hayratga soldi (video)

Tailandda general kelinning qirol poyida yotishi barchani hayratga soldi (video)
Tailandda qirol Max Vatchiralongkon (Rama X) va qirolning shaxsiy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari 40 yoshli Suttixida Vatchiralongkon Na Ayuttxayyaning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

To‘y marosimida kelinning qirolning oyog‘i yonida yotishi ko‘pchilik internet foydalanuvchilar diqqatini tortdi.
Tailandda general kelinning qirol poyida yotishi barchani hayratga soldi (video)
Foto: Reuters
Qirolning rafiqasi qirol maxsus gvardiyasida xizmat qilgan. 2016 yili unga general unvoni berildi.

Ungacha u Thai Airways aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlagan.
An’anaga muvofiq, Bangkokda 4 may kuni qirol va uning rafiqasiga toj kiydirish marosimi o‘tkazildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.