Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar

Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Dima Bilanning uyi Rasskazovo posyolkasidagi Borovskiy shosse yaqinida joylashgan. San’atkorning aytishicha, bu uyni tanlagunicha u 40 ga yaqin qo‘rg‘onni ko‘zdan kechirgan. Aynan shu variantni tanlashiga esa uyning Skazka ko‘chasida joylashgani va atrofi qarag‘ay o‘rmoni bilan o‘ralgani sabab bo‘lgan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Qo‘shiqchi bu uyni 2010 yilda 1 million yevroga (1 120 565 dollar) sotib olgan. Avvaliga u uy bo‘lmagan — 24 sotix yerga qurilgan beton korobka edi. Qurilish 3 yilga yaqin davom etgan. Oxiri 400 kvadrat metr maydonga ega ikki qavatli kottej yuzaga kelgan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Suhbatlashib o‘tiradigan joy ekouslub va shahar uslubining uyg‘unligida qurilgan. Bu yerda qulaylik va shinamlik hamohangdir. Uning dizaynini yaratishda Dimaga dizayner Natalya Gluxovskaya yordam bergan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Uydagi barcha xonalar yoqimli ranglarda bezatilgan: yong‘oq, qaymoq, kulrang-jigarrang va qahva ranglarida. Mehmonxona oshxona bilan tutashib ketgan. Ovqatlanish xonasida katta stol va stul-kreslolar mavjud.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Kutubxona maxsus eskiz bo‘yicha qurilgan. Devorlar Sankt-Peterburgdan keltirilgan eski g‘ishtlardan qad ko‘targan. Polda esa qo‘l mehnati bilan yaratilgan turk gilami to‘shalgan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Mehmonxonaga yumshoq mebellar joylashtirilgan. Xonaga jozibador Yamaha royali alohida ko‘rk berib turibdi.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration

Birinchi qavatda launj-hudud bor. Mehmonlar uchun u yerda individual buyurtma asosida katta divan joylashtirilgan. Shuningdek, bu yerda original osma kreslo-arg‘imchoqlar ham bor. Devorga kimoshdi savdosida sotib olingan surat osilgan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Qo‘shiqchining ishchi kabineti ikkinchi qavatda joylashgan. U yerda stol va kompyuter, qulay charm kreslo, divan va kichik javon bor.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Yotoqxonaning katta qismini ikki kishilik karavot egallaydi. Uning yonida bizonning boshi tasvirlangan tumbalar joylashgan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Hammomning shifti va devorlari oniksdan ishlangan abstrakt panno bilan bezatilgan. Vanna esa mayda massaj uchun mo‘ljallangan mayda toshlar bilan to‘ldirilgan podiumga o‘rnatilgan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration

Uyning boloxonasida esa qalin shishadan yasalgan pol va uy kinoteatri joylashgan. Xonaga, shuningdek, tun yulduzlarni kuzatish uchun teleskop ham o‘rnatilgan.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Chordoq esa xotiralar muzeyiga aylantirilgan. Sirli xonaga kirish uchun javondagi maxfiy kirish yo‘lagini topish kerak. Chordoqda fotosuratlar, qo‘shiqchi uchun qadrli bo‘lgan turli narsalar hamda arzon narsalar sotiladigan bozordan xarid qilingan antiqa buyumlar saqlanadi. Dima bu xonaga bir yilda bir marta muhim hodisalarni eslash uchun kiradi.
Qo‘shiqchi Dima Bilanning hashamatli uyidan suratlar
Foto: Elle decoration
Xonandaning uyida yana shunday bir xona borki, u yerga begonalar kiritilmaydi. Bu uning musiqa studiyasidir. U yerda Dima ijod bilan shug‘ullanadi. Dmitriy Bilanning bundan tashqari yana boshqa uylari ham mavjud. Lekin u bu uyni haqiqiy uyi deb hisoblaydi.

Manba: Daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.