Avstraliyada ikki boshli buzoq tug‘ildi (foto)

Avstraliyada ikki boshli buzoq tug‘ildi (foto)
Avstraliyaning Manipiks shahridagi fermada ikki boshli buzoq tug‘ildi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar berdi.

Kichkintoy onasining qornidayoq nobud bo‘di. U Blit oilasiga qarashli fermaga o‘lik holda olib kelindi. U yerda Aberdin-Angus qoramollari ko‘paytiriladi.
Avstraliyada ikki boshli buzoq tug‘ildi (foto)
Foto: «Korrespondent.net»
Ferma egasi ikki boshli buzoqni ko‘rganida hayratga tushganini aytgan. Bundan tashqari, uning ikkita yuragi, ikkita oshqozoni va bitta dumi bor edi.
Avstraliyada ikki boshli buzoq tug‘ildi (foto)
Foto: «Korrespondent.net»
Fermer 47 yillik faoliyati davomida ilk bor bunday hodisaga duch kelganini ham ta’kidlab o‘tgan.

Ko‘rinib turibdiki, buzoqlar Siam egizaklari bo‘lgan. Odatda Siam egizaklari dunyoga kelishidan ko‘p o‘tmay nobud bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.