Kim millioner bo‘lishni istaydi? Poroshenko?..

Foto: «Bloomberg»
Ukraina prezidenti etib saylangan yilidayoq (2014) Petr Poroshenko dollarli milliarder maqomidan mahrum bo‘lgan. Bu haqda «Bloomberg» agentligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, prezidentlik davrida Poroshenkoning sof kapitali 40 foizga — 705 million dollargacha qisqarib ketgan. «Bloomberg» Ukraina sobiq liderining eng katta boyliklari sifatida «Roshen» qandolat fabrikasini, shuningdek, sug‘urta kompaniyasi, bank, telekanal, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat korxonalarini sanab o‘tdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, ukrainalik eng boy inson Rinat Ahmetov 2014 yildan beri bundan ham ko‘proq — qariyb 50 foiz boyligini yo‘qotdi. Hozir uning $5,5 milliardlik boyligi qolgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ukraina prezidenti etib saylangan yilidayoq (2014) Petr Poroshenko dollarli milliarder maqomidan mahrum bo‘lgan. Bu haqda «Bloomberg» agentligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, prezidentlik davrida Poroshenkoning sof kapitali 40 foizga — 705 million dollargacha qisqarib ketgan. «Bloomberg» Ukraina sobiq liderining eng katta boyliklari sifatida «Roshen» qandolat fabrikasini, shuningdek, sug‘urta kompaniyasi, bank, telekanal, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat korxonalarini sanab o‘tdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, ukrainalik eng boy inson Rinat Ahmetov 2014 yildan beri bundan ham ko‘proq — qariyb 50 foiz boyligini yo‘qotdi. Hozir uning $5,5 milliardlik boyligi qolgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













