Oq uy oldida erkak o‘zini yoqib yubordi (video)

Oq uy oldida erkak o‘zini yoqib yubordi (video)
Noma’lum erkak Oq uy oldidagi Ellips parkida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Bu haqda AQSh OAVlari xabar qildi.
Voqea 29 may kuni kunduzi sodir bo‘ldi. O‘sha vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriy binolardan birida bo‘lgan.

Internetda joylashtirilgan videoda Oq uy va Kapitoliy o‘rtasida Vashington haykali yaqinida erkakning kiyimlari yongani aks etgan.
Maxsus xizmat va politsiya xodimlari erkakka birinchi yordam berishdi. Hozirgi vaqtda u shifoxonaga yotqizildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.