Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)

Qirg‘izistonning Chuy viloyati Sokuluk tumani Orok qishlog‘ida hayit namoz vaqtida yuz bergan mushtlashuv tufayli jiddiy mojaro sodir bo‘ldi. Bu haqda Akipress\'ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

Militsiya ma’lumotiga ko‘ra, ertalab yosh yigitlar - qirg‘iz va turklar o‘rtasida mushtlashuv yuz bergan, birinchisi kasalxonaga tushgan. Mushtlashuvdan so‘ng, mahalliy aholi yig‘ilib, yigitlarning oilalarini ko‘chirib yuborishni talab qildi.

Orok qishlog‘ida shundan keyin yuz bergan tartibsizliklar paytida mahalliy aholi turklar yashaydigan uylarga hujum qila boshlagan. Xususan, xo‘jalik inshootlari yoqib yuborilgan, uylar derazalari sindirilgan, avtomashinalar oynalari urib tushirilgan.
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qishloqda yuzaga kelgan mojaroda yuzdan ortiq fuqaro ishtirok etgan. Militsiya ularni qo‘lga olishni boshlagan.

Chuy viloyati IIBB matbuot xizmati xodimi Nazira Imangaziyeva xabariga ko‘ra, Orok qishlog‘idagi mojaro natijasida 25-30 kishi qo‘lga olingan.
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)

Uning eslatishicha, hayit namoz vaqtida uch nafar yigit o‘rtasida mojaro yuz bergan.

«Natijada ikki kishi bir yigitni do‘pposlagan. U shifoxonaga olib ketildi. Uning holati barqaror, deb baholanmoqda. Mojaroda qatnashgan ikki shaxs ushlandi», - dedi Imangaziyeva.

Keyinchalik, uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganning qarindoshlari norozi bo‘lgan.

«Ular qishloqda qonunga zid harakatlarni amalga oshira boshlashdi. Natijada, 15ta uyning derazalari sindirildi va xo‘jalik inshootlari yoqib yuborildi. Ushbu holatlar bo‘yicha 25-30 kishi Sokuluk IIBga olib ketildi», - deya xabar qilgan Imangaziyeva.

Ayni vaqtda tumandagi vaziyat militsiya nazorati ostida, barqarorlik va jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar bergan.

Voqea joyiga ichki ishlar vaziri Kashkar Junushaliyev va uning o‘rinbosari chiqqan. IIV Sokuluk tumanidagi vaziyatni millatlararo mojaro sifatida ko‘rmaslikni so‘ragan.

Shuningdek, Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Jengiz Komil Firot Orok qishlog‘iga yetib borgan. Uni bir guruh ayollar o‘rab olgan va mojaro haqida batafsil ma’lumot berishgan.

O‘z navbatida, elchining ta’kidlashicha, masalani tinch hal qilib, diplomatik yo‘l orqali yechim topish, shuningdek, oqsoqollar kengashi bilan uchrashish kerak.

Elchi elchixona xodimlaridan biri qishloqda ekani hamda unga qo‘ng‘iroq qilganini ma’lum qilgan.
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
5 iyun kuni soat 21:00 holatiga ko‘ra militsiya hamon qishloqda bo‘lgan.
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (foto, video)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.