AQSh Xitoyni uyg‘urlarni ozod qilishga chaqirdi

AQSh Davlat departamenti Ramazon hayiti arafasida Xitoy hukumatini Sharqiy Turkistondagi lagerlarda saqlanayotgan uyg‘urlarni ozod qilishga va ularga oilalari bilan uchrashishga imkon berishga chaqirdi.
Radio Free Asia xabarida aytilishicha, Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus Sharqiy Turkistonda uyg‘urlar va boshqa musulmon xalqlarga nisbatan inson huquqlarining buzilishi zudlik bilan to‘xtatilishi zarurligini ta’kidlagan.
Shuningdek, bayonotda AQSh Sharqiy Turkistonda bir milliondan ortiq kishining adolatsiz ravishda lagerlarda saqlanayotganidan, har kuni qiynoqlar, shafqatsizliklar va tahqirlashlar haqida xabarlar kelayotganidan xavotirda ekani aytilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Radio Free Asia xabarida aytilishicha, Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus Sharqiy Turkistonda uyg‘urlar va boshqa musulmon xalqlarga nisbatan inson huquqlarining buzilishi zudlik bilan to‘xtatilishi zarurligini ta’kidlagan.
Shuningdek, bayonotda AQSh Sharqiy Turkistonda bir milliondan ortiq kishining adolatsiz ravishda lagerlarda saqlanayotganidan, har kuni qiynoqlar, shafqatsizliklar va tahqirlashlar haqida xabarlar kelayotganidan xavotirda ekani aytilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













