Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda

Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda
Fransiya – san’atga boy mamlakat. U hatto havoda ham uchib yuradi. Kunlarning birida bir rassom o‘z faoliyati chegarasini kengaytirishga qaror qildi. U o‘zining tor ustaxonasidan tashqariga chiqdi va ona shahriga o‘zgacha ko‘rinish berdi.

U ko‘plab shaharlarda uchratish mumkin bo‘lgan ulkan plitalarni chiroyli suratlarga aylantiradi hamda o‘tkinchilar diqqatini o‘ziga tortib, ularni tabassum qilishga undaydi. Zamonaviy rassom iste’dodi chegara bilmaydi.
Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda
Tasavvuri yordamida yo‘lakdagi sariq barglar to‘plamini momiq to‘shakka aylantiradi.
Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda
Yosh yigit oddiy inson ko‘zi ilg‘amaydigan narsalarni ko‘ra oladi. Uning ishlari orqali shaharning unutilgan obidalari mehmonlar va mahalliy aholi e’tiborini o‘ziga jalb etadi.
Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda
Har bir rassom o‘z ishiga hajvdan hech bo‘lmasa bir ashingil qo‘shadi. Uning betakror ishlariga bir nazar soling-a. Ular yordamida tosh plitalar bolalar kitoblaridagi rasmlarga aylanadi.
Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda
Bu iste’dod egasi hatto chiqindini ham san’at asariga aylantiradi. Ushbu suratni tomosha qilib, u qutini bu yerga ataylab olib kelgan deb o‘ylash mumkin, biroq bunday emas.
Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda
Fransiyalik rassom san’at asarlarini ko‘chada yaratmoqda
Xayolot – bizga g‘aroyib olamni kashf etishda yordam beradi.

Manba: Kun
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.