Hindistonda bo‘lgan zilzila oqibatida olti kishi halok bo‘ldi


Kecha Hindistonning shimoli-sharqida sodir bo‘lgan 6,7 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishini tashkil qildi, deb xabar beradi Ria Novosti.
AQSh Geologik xizmati bergan xabarga ko‘ra, zilzila Hindistonning Manipur shtatida ro‘y bergan. Davomiyligi bir daqiqani tashkil qilgan. Zilzila o‘chog‘i 55 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Mazkur er silkinishi oqibatida qator uylar vayronaga aylangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













