Ozarbayjonda valyuta ayirboshlash punktlari yopib qo‘yildi

Ozarbayjonda valyuta ayirboshlash punktlari yopib qo‘yildi
Ozarbayjonda valyuta ayirboshlash punktlari yopib qo‘yildi

Ozarbayjon markaziy banki butun mamlakat bo‘ylab valyuta ayirboshlash punktlarinining lisenziyalarini bekor qildi. Endilikda valyutani faqat bank ofislarida ayirboshlash mumkin. Bu haqda Trend.az nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

“Valyuta ayirboshlash operasiyalari sonining oshib ketishi munosabati bilan Markaziy bank tijoriy banklarning operasiyalarini samarali va tezkor nazorat qilish, operasiyalar nazoratini kuchaytirish va xarajatlarni optimizasiya qilish uchun ayirboshlash punktlarining faoliyatini chekladi va to‘xtatdi”, - deyiladi moliyaviy regulyatorning rasmiy xabarnomasida.

Ayirboshlash punktlari faqat aeroportlar, mehmonxonalar va boshqa turistik joylarda saqlab qolinadi. Bu narsani “valyutani tezkor ayirboshlash ehtiyojlarini qondirish” zarurati bilan tushuntirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.