AQShda mashinani «olib qochgan» ayiq avariyaga uchradi

Foto: Facebook / Boulder County Sheriff\'s Office
Amerikaning Boulder shahrida ayiq yo‘l yoqasida turgan mashinani «olib qochdi» va yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda shahar politsiyasi o‘zining Facebook’dasi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo.uz».
Yirtqich hayvon avtomobil ichiga kirganida eshik bexosdan yopilib qolgan. Salon ichidan chiqishga uringan ayiq uzatmalar qutisini neytral holatga keltirib qo‘ygan. Natijada qiyalikda turgan avtomobil harakatga kelib, daraxtga urilgan. Sodir bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng ayiq mashina ichidan chiqishga erishgan.
YTH oqibatida mashinaga jiddiy zarar yetgan. Ayiq esa voqea joyidan yashiringan.
Politsiya matbuot xizmati mahalliy aholini o‘z transport vositalarining eshigini ochiq qoldirib ketmaslikka chaqirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Amerikaning Boulder shahrida ayiq yo‘l yoqasida turgan mashinani «olib qochdi» va yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda shahar politsiyasi o‘zining Facebook’dasi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo.uz».
Yirtqich hayvon avtomobil ichiga kirganida eshik bexosdan yopilib qolgan. Salon ichidan chiqishga uringan ayiq uzatmalar qutisini neytral holatga keltirib qo‘ygan. Natijada qiyalikda turgan avtomobil harakatga kelib, daraxtga urilgan. Sodir bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng ayiq mashina ichidan chiqishga erishgan.
YTH oqibatida mashinaga jiddiy zarar yetgan. Ayiq esa voqea joyidan yashiringan.
Politsiya matbuot xizmati mahalliy aholini o‘z transport vositalarining eshigini ochiq qoldirib ketmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













