"Barselona" futbolchilari Audi avtomobillarini kompaniya ixtiyoriga qaytarib berishadi

"Barselona" futbolchilari Audi avtomobillarini kompaniya ixtiyoriga qaytarib berishadi
Dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri - Audi \"Barselona\" klubi bilan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Marsio xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda tomonlar 2006 yildan buyon davom etib kelayotgan shartnoma o‘zaro kelishgan holda bekor qilingan. Endi “Barsa” futbolchilari Audi kompaniyasidan ijaraga olingan avtomobillarni qaytarishlari kerak.

“Barselona” futbolchilari Osiyo turnesidan qaytishgach o‘zlarining sevimli avtomobillarini kompaniya ixtiyoriga qaytarib berishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.