«Miss Angliya» ishtirokchisining cho‘milish kiyimi hammani hayron qoldirdi

«Miss Angliya» ishtirokchisining cho‘milish kiyimi hammani hayron qoldirdi
Foto: The Sun
Go‘zallik tanlovi ishtirokchisi bo‘lgan musulmon qiz Oysha Xon noodatiy cho‘milish kiyimi tanlagani bilan «Miss Angliya» tanlovi hay’atini hayron qoldirdi. Bu haqda Daryo nashri xorij nashriga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, u ochiq cho‘milish kiyimini kiyishni xohlamay, uning o‘rniga gidrokostyumni tanlagan. Qiz unda suratga tushgan va final bosqichiga chiqqan 20 talikdan o‘rin olgan.

Xonning o‘zi buni diniy qarashlar sababli emas, qulayligi uchun tanlaganini, ochiq kiyimda o‘zini noqulay sezishini aytgan.
«Men butun tanlov davomida o‘zimga sodiq qolib, ahloqiy qadriyatlarimga zid keluvchi hech nima qilmaganimdan faxrlanaman» — deb ta’kidlagan qiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.