Dunyodagi eng yupqa oltin yaratildi

Dunyodagi eng yupqa oltin yaratildi
Olimlar oltinning 2 atom qalinligidagi yangi shaklini olishdi, bu esa qachondir yaratilgan eng yupqa list hisoblanadi. Uni elektronika, tibbiyot va sanoat jarayonlarida kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish uchun qo‘llash mumkin.

Yangi materialning qalinligi 0,47 nanometr bo‘lib, u inson tirnog‘idan million marta yupqaroqdir.
Dunyodagi eng yupqa oltin yaratildi
O‘ta pyuqa material sintezi suyuqlikda kechib, oltin-xlorli vodorod kilotasidan boshlanadi. Uni listga aylantirish uchun maxsus kimyoviy modda qo‘llanib, u ikki atom qalinligidagi listning hosil bo‘lishiga yordam beradi.

Lids universiteti tadqiqotchilari olingan materialni “oltin suvo‘t” deb atashgan, chunki u suvda yashil rangda bo‘ladi.

Bunday usulda olingan o‘ta yupqa listlar egiluvchan bo‘lib, bu ularni egiluvchi ekranlar qismlari va shaffof o‘tkazuvchi displeylarda qo‘llash imkonini beradi. Olimlarning fikricha, yangi material shuningdek tibbiy diagnostik tezkor testlar va suvni tozalash tizimlarida sun’iy fermentlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Dunyodagi eng yupqa oltin yaratildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.