OAV: Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘ldi

OAV: Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘ldi
Foto: Knews
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hokimiyat vakillariga taslim bo‘ldi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining shtabi xabar qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Atamboyev o‘z qarorgohi hududidan huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan olib chiqib ketildi», - deya ma’lum qilgan shtab vakili.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalari vakillari Almazbek Atamboyevni Qo‘y-Toshdan olib chiqib ketishgan. U bilan muzokaralar juda uzoq davom etgani, biroq Atamboyev taslim bo‘lgani bildirilmoqda.

Bundan biroz avvalroq Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha yangi amaliyot boshlangandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohini o‘rab olishgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atamboyev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.