Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbari hibsga olindi

Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbari hibsga olindi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbari, uning yaqin maslahatchisi Farid Niyozov odamlarni garovga olgani uchun 8 oktyabrga qadar qamoqqa olindi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

\"Sudya Niyozovni 8 oktyabrga qadar qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qildi\", - degan agentlik suhbatdoshi.

7 avgust kechki payt Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Atamboyevni uning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni boshlashgan. Maxsus xizmatlar sobiq prezidentning tarafdorlariga maxsus vositalar qo‘llashgan, Atamboyev tarafdorlari bunga javoban o‘q uzishgan.

8 avgust kuni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kuch tuzilmalariga taslim bo‘lgan. U maslahatchilari Farid Niyozov va Qunduz Joldubayeva hamrohligida Bishkekka olib ketilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.