Peterburgdagi janjalda 3 o‘zbekka quroldan o‘q uzilgan

Peterburgdagi janjalda 3 o‘zbekka quroldan o‘q uzilgan
16 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi bozor yonida sodir bo‘lgan bir guruh shaxslar mushtlashuvi natijasida O‘zbekistonning 3 fuqarosi travmatik quroldan jarohatlangan.

O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ulardan biri I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirilgan. Sog‘ligi holati o‘rta darajada og‘ir deb baholanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
Bosh konsulxona tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.