Ukrainaning besh prezidenti ilk bor bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishdi

Ukrainaning besh prezidenti ilk bor bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishdi
Foto: Telegram /Sonya Koshkina
Ukrainaning sobiq prezidentlari Leonid Kravchuk, Leonid Kuchma, Viktor Yushchenko, Pyotr Poroshenko va amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor birgalikda suratga tushishdi.

Besh siyosatchi mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan Kiyevdagi Mariinsk saroyida o‘tkazilgan qabulda birgalikda ko‘rinish berishdi.
Ukrainada Mustaqillik kuni har yili 24 avgustda nishonlanadi. Ushbu sana 1994 yilda davlat bayrami deb e’lon qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.