Tramp Meksika chegarasidan tok oʻtkazishni taklif qildi

Tramp Meksika chegarasidan tok oʻtkazishni taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Meksika bilan chegarasini suvda yashovchi sudralib yuruvchilar bilan kuchaytirish lozimligini aytib oʻtgan.
Shuningdek u chegaradan tok oʻtkazib, “inson tanasini teshib yuboradigan” oʻtkir temirlar oʻrnatishni xohlagan.

Soʻng Tramp chegarachilarga tosh otadigan migrantlarning oyogʻidan oʻq uzishga ruxsat bergan, biroq ushbu harakat noqonuniy ekanligi tushuntirilgach, u ushbu gʻoyadan voz kechgan.

Prezident yigʻilish ishtirokchilariga baqirib, u aynan muhojirlar oqimini kamaytirish vaʼdasi tufayli saylovlarda gʻolib boʻlgani, biroq uning atrofidagilar uni ommaga ahmoq sifatida koʻrinishga majburlayotganini qayd etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.