Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi (foto)

Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi (foto)
Qirg‘izistondagi ZIL tog‘-chang‘i kurorti hududida Chingiz Aytmatov, Vladimir Lenin va Vladimir Putinning bronza haykallari o‘rnatildi.
Kurort poytaxt Bishkek shahridan 35 km masofada joylashgan. Hozir yangi haykallar o‘rnatilgan joyda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi (foto)
24.kg agentligi xabariga ko‘ra, Putinning haykali yoniga minnatdorchilik izhori bitilgan toshlavha qo‘yilishi ham rejada bor.

Kaktus.media\'ning qayd etishicha, ko‘plab qirg‘izistonliklar Putin monumenti uchun joy yaxshi tanlanmaganini aytmoqda. Boisi haykal hojatxonaga yaqin joyga o‘rnatilgan.
Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi (foto)
Ma’lumot uchun, 2018 yil may oyida Rossiyaning Qozog‘istonga chegaradosh Qo‘rg‘on oblastida «Vatanga xizmat» yodgorligi ochilgan.
Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi (foto)
Dastlab yodgorlik markazida Vladimir Putinning monumenti o‘rnatilgan, ammo yodgorlik ochilishiga 2 kun qolganda monument olib qo‘yilgan. O‘shanda Rossiya davlat dumasi deputati Aleksandr Iltyakovning tashabbusi bilan qilingan loyiha prezident administratsiyasining qarshiligi bilan chala qolgan edi.
Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.