Coca-Cola butun dunyo bo‘ylab o‘z xodimlarini ishdan bo‘shatishni boshladi


Amerikaning Coca-Cola korporasiyasi avvalroq e’lon qilingan xarajatlarni qisqartirish dasturi doirasida yaqin oylar ichida 1,6—1,8 ming xodimlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Interfax»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Ushbu rejaga aloqador xodimlar ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi bildirishnomalarni 8 yanvar kuniyoq qabul qila boshladi.
Shu bilan birga, Coca-Cola o‘zgarishlar jarayoni biznesning barcha sohalarida ham hali tugallanmaganini ma’lum qildi. Bu kompaniya shtatlarni qisqartirish ko‘lamini kengaytirishi mumkinligini bildiradi.
Ayni paytda kompaniyada 130 ming kishi ishlaydi.
Foto: coca-colacompany.com / daryo
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













