2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?

2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Har bir ayol o‘zining go‘zal jozibasi, xulq-atvori bilan o‘zgalarni jalb qila oladi. Aslida dunyodagi barcha ayollar go‘zal.
Media olamidagi mutaxassislar 2019 yildagi TOP 10 go‘zal ayollar kim ekanligini aniqlashdi. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Shaylene Voodley
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Shaylene Voodley amerikalik aktrisa bo‘lib, 1991 yil 15 noyabr kuni tavallud topgan. Uning jozibasi ko‘pchilik muxlislar tomonidan e’tirof etilgan va TOP 10 talikning 1-o‘rinini aynan shu aktrisa egalladi.

2. Jennifer Lopez
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Jennifer Lopez - amerikalik serqirra ijodkor. U moda olamining eng yetakchi dizayneri, raqqosa, qo‘shiqchi, aktrisa va Gollivud kino sanoatining prodyuseri hamdir.
Jennifer Lopez o‘zining kino, moda, xayriya jamg‘armasida muvaffaqiyatli tijoratini yuritayotgan ayol sifatida tan olingan. U juda ham maftunkor. Qolaversa, dunyodagi eng boy ayollardan biri.

3. Deepika Padukone
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Bollivud va Gollivud olamidagi ayollardan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning qiyofasi, tabassumi va maftunkor ko‘zlarini mutaxassislar alohida ta’kidlab o‘tishgan. U kino sohasida katta yutuqlarga erishgan va 2 ta \"Filmfare\" mukofotiga sazovor bo‘lgan ayol.

4. Emma Uotson
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Emma Uotson ko‘plab insonlarning sevimli aktrisasi. U 25 yoshli yosh, maftunkor britaniyalik model va aktivist. U 1990 yil 15 aprelda tug‘ilgan. \"Garri Potter\" filmidagi Germiona Grayjer nomli bosh roli unga kino olamida ulkan zafarlar olib keldi.

5. Gal Gadot
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Isroillik model va aktrisa. U 2004 yilda \"Miss Israil\" unvoniga sazovor bo‘lib, \"Koinot go‘zali\" tanlovida qatnashishga muyassar bo‘lgan. \"Forsaj\" filmida Gisele Yashar rolini o‘ynaydi va shu roli orqali dunyoga tanilgan.

6. Teylor Svift
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
U amerikalik bastakor va qo‘shiqchi. Teylor o‘zining shaxsiy hayoti haqida hikoya qiluvchi qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan.

7. Priyanka Chopra
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Sobiq \"Miss World\", ya’ni Priyanka Chopra ko‘plab muxlislariga ega maftunkor aktrisa. U Bollivudda eng ko‘p maosh oladigan aktrisa sifatida tan olingan.

8. Kate Upton
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Kate - amerikalik ingliz model va aktrisa. U 1992 yil 10 iyunda tug‘ilgan. U asosan \"Sport Illustrated Swimsuit\" da mashhur bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

9. Pia Burtzbach
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Bu go‘zal malika Pia Romero nomi bilan ham mashhur. U aktrisa, shuningdek, model. 2015 yilda \"Koinot malikasi\" deb e’tirof etilgan.

10. Shakira
2019 yil kimlar eng maftunkor ayollar deb e’tirof etilganiga qiziqyapsizmi?
Barchamizga tanish bo‘lgan go‘zal xonanda Shakira. U Kolumbiyaning Barranquilla shahrida tug‘ilgan. U o‘zining birinchi musiqasini yoshlik chog‘idayoq yozgan va 13 yoshida xushovoz xonanda sifatida tanilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Umida
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.