Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini avtobusdagi yongʻindan qutqarib qoldi (video)

Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini avtobusdagi yongʻindan qutqarib qoldi (video)
Foto: Videodan kadr
Sankt-Peterburg yaqinidagi Olgino qishlogʻida 50 nafarga yaqin yoʻlovchi boʻlgan Dragon rusumidagi avtobus yoʻlda yonib ketdi, deb xabar bermoqda Regnum.

Qayd etilishicha, voqea 1-dekabr kuni soat 12:21 larda roʻy bergan. Avtobus Sankt-Peterburgdan Zelenogorskka ketayotgan boʻlgan. Haydovchi dvigatel boʻlinmasida tutunni sezgach, avtobusni toʻxtatib, odamlarni tushirgan. Avtobus esa butunlay yonib ketgan.

Voqea aks etgan video VKontakte ijtimoiy tarmogʻidagi “DTP i CHP Sankt-Peterburg” guruhida eʼlon qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilarni qutqarib qolgan haydovchi kelib chiqishi oʻzbekistonlik 43 yoshli erkak boʻlib, avtobus tegishli boʻlgan “Tretiy park” korxonasida 3 yildan buyon ishlab keladi.

Ayni paytda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.