AQSh razvedkasi Iroqda Eron raketalari joylashtirilganligini aniqladi

AQSh razvedkasi Iroqda Eron raketalari joylashtirilganligini aniqladi
Foto: AP
Eron Iroq hududida o‘zining ma’lum miqdordagi ballistik raketalarini joylashtirgan, deb xabar berdi Amerika OAVlari razvedka xizmati va Pentagondagi manbalariga tayanib.

The New York Times gazetasining yozishicha, raketalar Eron bilan chegara yaqinidagi iroqlik shia jangarilari nazorati ostidagi hududlarda joylashtirilgan.
CNN esa AQSh razvedkachilari Erondan Iroqqa ballistik raketalar olib o‘tilganini qayd etgani to‘g‘risida xabar berdi.

Telekanalning qayd etishicha, AQSh raketalar Eron qo‘llab-quvvatlayotgan jangarilar tomonidan Amerika qo‘shinlariga qarshi qo‘llanilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.